Biron marotaba ham xonadonni ijaraga bermagan odamlarda, ijaraga berishda nima muammo bo’lishi mumkin, ijarachilarni topding va har oy ichida ijara puliga kelib tursa bo’ldi-da degan o’y-hayollar vujudga kelishi mumkin. Biroq biz bu aytganlaridek “oson ish” deb o’ylaganlarga, adashayotganlarini isbotlab berishimiz mumkin. Ijaraga beruvchining son-mingta muammosi bor: ular xonadondan kelayotgan shovqinga turolmay, arz qilgan qo’shnilardan tortib, to ijarachilarni vaqtida pul bermasligi va uydagi bor anjomlarni ishdan chiqarishlar va h.k muammolardir.
Albatta xonadon egasi tanimagan odamlarga uyini, mulkini bergisi kelmaydi, biroq muammo aynan shundaki, ijarachilar aksariyat hollarda g’irt begona odamlar bo’ladi.
Ijarachilarni topish uchun uch xil qidiruv variant qo’llaniladi: xonadonni mustaqqil ravishda ijaraga berish, rieltorlar, rieltorlik korxonalar yoki maklerlar yordamida izlash va korporativ aloqalar.
Birinchi variantda ijaraga beruvchi ijarachilarni o’zi OAV yordamida, shu jumladan elektron qidiruv tizimlar va ijtimoiy tarmoqlar, qo’shni va qarindoshlar, avtobus to’xtash joylaridagi shaxobchalar va ustunlar va x.klarda e’lon bergan holda qidiradi. Aksariyat hollarda bunday e’lonlarda “shaxsiy” uyni ijaraga beraman degan iboralar bo’ladi va albatta bunday e’lonlar nafaqat ijarachilarni balki o’rtada turadigan odamlarni ham nazarini tortadi, ular ichida esa firibgarlar bo’lishi mumkin.
Rieltorik tashkilot orqali ish olib borish, siz uchun nimasi bilan qiziq bo’lishi mumkin? Albatta, birinchi navbatda - bu vaqtni tejash imkoniyatini beradi. Rieltorlar ijarachilar bo’yicha o’zining ma’lumotlar bazasiga ega bo’ladi va qisqa vaqt ichida sizga ijarachilarni bir nechtasini tavsiya etishi mumkin. Bundan tashqari, rieltorlar sizning xonadonningizni ijaraga berish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni yeg’ib berishlari va ularni notariusga topshirishlari mumkin, hamda ijarachilar, notarius va o’zingiz orangizda imzolanishi kerak bo’lgan shartnomani imzolash uchun vaqti belgilashi, barcha tarafga ushbu vaqt to’g’risida xabar yetkazishi, barchani bir joy va vaqtga to’planishini ta’minlashi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining “rieltorlik faoliyat to’g’risada” qonuniga muvofiq, rieltorlik tashkilot sizning xonadoningiz bo’yicha ishonchli boshqaruvni o’z zimmasiga olishi mumkin, bu degani agentlik xonadon egasidan ijarachilarni topish, ularni shu xonadonda yashashini nazoratga olish va xonadondagi bor jihozlar va boshqa narsalarni ishlatish holidan xabar olib turish va har oydagi to’lovni o’z vaqtida to’lashlarini nazoratga olish bo’yicha xizmatni o’z zimmasiga olishi mumkin.
Qidiruvni uchinchi varianti – bu turli chet el va kapitali qisman chet elniki bo’lgan mahalliy korxonalar va tashkilotlar, vakolatxonalar yoki ijtimoiy tizimlar orasida, chet eldan kelgan yoki kelayotgan mutaxassislar uchun xonadonlarni ijaraga olish bo’yicha shartnomalar tuzilganda vujudga keladi. Bunday hamkorlik uzoq vaqt davom etishi mumkin va bu faqatkina xonadonlari ko’p bo’lgan xonadon egalari uchun yahshi daromad bo’la oladi. Bunday shartnomalarga ega bo’lish uchun xonadon egalarining barcha xonadonlari korxonalar qo’ygan talablarga mos kelishi kerak.
Xonadonni rasmiy ijaraga berish uchun zaruriy bo’lgan hujjatlar:
Shartnomada quyidagi holatlarga ahamiyat berish lozim:
Shartnomaning muddati;
Ijara haqqi va uni to’lash muddati;
Kommunal xizmatlar, elektr quvvati va telefon so’zlashuvlar uchun to’lovlar;
Turar-joydagi mol-mulkning ijaraga berish vaqtida va ijara muddati tugaganidagi holati, (albatta tabiiy eskirishi inobatga olinishi kerak).
Ijarachi - ijara haqqini to’laganida ijaraga beruvchidan to’lovni olganligi haqqida til xat olishga haqli!Shartnomani notarial tasdiqlanishi uchun siz davlat bojini to’lashingiz kerak bo’ladi. U bu tariqa hisoblanadi: qonunan 1 kv.metrga belgilangan pul miqdori turar-joyning maydoniga, hamda xonadon qancha vaqtga ijaraga berilayotgan bo’lsa, shuncha oylar soniga ko’paytiriladi. Natijaning 1% olinadi va bu davlat bojini tashkil etadi. Faqat uning miqdori minimal ish haqqining 20%dan kam bo’lmasligi kerak. (VM 3.11.1994yildagi 533 sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat bojlarining stavkalaridagi 4 punktning “d” qatori).