2016 yilda Toshkent shahrida ko’chmas mulk bozorida talabni keskin pasayishini va yangi qurilayotgan uylardagi xonadonlarni keng ko’llamda ishga tushurishni boshidan kechirdi. Ko’chmas mulkni sotish, ancha mushkul ish bo’lib qoldi, biroq xonadonlarni ipotekaga sotib olish imkoniyatlari ancha kengaydi.
а) Ko’chmas mulkga talab va narxlarni pasayishi
Ko’pkina rieltorlar aytganidek, 2016 yilda Toshkent shahrida ko’chmas mulkga talab keskin pasayib ketdi. Bu esa albatta ko’chmas mulkga qoyilgan narxlarda o’z aksini topdi. Shaharda xonadonlarni sotish bo’yicha Ikkilamchi bozorida 1 kv.mga taklif qilinayotgan o’rtacha narx ushbu yil bo’yicha 16%ga pasayib ketdi va u 2015 yilning dekabr oyiga 714 dollarni tashkil etgan bo’lsa, 2016 yilning dekabr oyiga esa u 600 dollarni tashkil etdi. Shuni takidlash kerakki xonadonlarga narxlar, yil davomida bir marromda pasaygani yo’q. Eng sezilarli pasayish Bektemir va Chilonzor tumanlarida kuzatildi, ushbu tumanlarda narxlar 31% va 26%ga tegishincha pasayib ketdi. Eng qimmat tuman bo’lmish - Mirobod tumanida esa, narxlar atigi 7%ga tushdi, bu esa shaharni qoq o’rtasida joylashgan xonadonlarni investitsiya qilishga qulayroqlisluga deb tushuniladi.
b) yangi qurilgan uylar
Shaharda yangi qurilgan uylardagi xonadonlarni birin-ketin sotish va ishga tushirish boshlandi. Davlat tarafidan qurilayotgan uylardan tashqari, tijoratchilar tarafidan 45ta qurilayotgan komplekslardagi xonadonlarni ham 2016 yilda sotilishi boshlandi. GoldenHouse, MuradBuildings va Tulpor Invest Group kabi ayrim quruvchilar, xonadonlarni birvarakaydan bir necha komplekslarda shaharni turli qismlarida sotishmoqda. Odatda yangi qurilgan uylarda xonadonlar hech qanday bezak ishlarisiz va erkin rejalashgan holda sotilar edi. Yangi qurilgan uylarda narxlar keskin farq qiladi Sergeli-5 TKdagi xonadonlarning 1 kv.m - 2 600 000 so’m bo’lsa, Poytaxt TKda esa (Beshyog’och), xonadonlarning 1 kv.m - 11 500 000 so’mdan tushadi.
Yangi qurilgan uylardagi takliflarni keskin ko’payishi va ularni ipoteka orqali sotib olish imkoniyati, ikkilamchi uylar bozoridagi xonadonlarga talab pasayib ketishiga qo’shimcha omil bo’ldi.
2017 YIL UCHUN PROGNOZ
2017 yilda ko’chmas mulk bozorini nima kutayapti ekan? Narxlarni tushishi davom etadimi yoki narxlar oshadimi ? Bugun xonadon sotib olish kerakmi yoki narxlar yana ham ko’proq pastga tushishini kutish kerakmi?
Ushbu savollar bilan biz mutaxassislarga murojaat qildik.
Maya Abduvalieva, «DeltaRieltService» rieltorlik tashkilot rahbari «Men o’ylaymanki xususiy uylar, qurilish va tijorat ko’chmas mulkga mo’ljallangan yer maydonlariga narxlar, yoki o’sha holatida qoladi, yoki davlatimizning iqtisodiyoti optimallashuvi tufayli - oshadi.
Bozordagi o’zgarishlar menimcha ijobiy bo’ladi. Ko’chmas mulk bozorining qatnashchilari xaridorlarda qiziqishni keskin oshishini va shahrimizni o’zgarishini kutishmoqda»
Maya Abduvalieva, «DeltaRieltService» rieltorlik tashkilot rahbari
|
«Men o’ylaymanki xususiy uylar, qurilish va tijorat ko’chmas mulkga mo’ljallangan yer maydonlariga narxlar, yoki o’sha holatida qoladi, yoki davlatimizning iqtisodiyoti optimallashuvi tufayli - oshadi.
Bozordagi o’zgarishlar menimcha ijobiy bo’ladi. Ko’chmas mulk bozorining qatnashchilari xaridorlarda qiziqishni keskin oshishini va shahrimizni o’zgarishini kutishmoqda»
|
Marina Nikolayeva, «MegapolisGraceGroup» rieltorlik tashkilot rahbari
|
«Men ko’chmas mulkga narxlar yanada pasayadi deb o’ylamayman. Aqalli, bugun pasayish tendentsiyasi kuzatilmayapti. Agar iqtisodiyotda muvozanat saqlanib qolsa, u holda narxlar o’sha ko’rsatkichida qolaveradi Hozir sotib olishning ayni vaqti. U yoki bu ko’chmas mulk yuqori foyda olib kelishi to’g’risida gapiradigan bo’lsak, u holda bu albatta xonadonlardir. Agar siz katta foydaga ega bo’lishga intilayotgan bo’lsangiz, u holda xonadonni markaz tumanlardagi uylardan olish kerak. Ofislar ko’rinishiga ega tijorat ko’chmas mulklar ham juda yahshi sarmoya»
|
Lyudmila Elveyn, «GrandKapitalRieltor» rieltorlik tashkilot rahbari
|
«Eng muvozanatli sarmoya – bu albatta ko’chmas mulkdir, shuning uchun ko’chmas mulkni har vaqt sotib olish foyda keltiradi. Narxlarni pasayib ketishi yoki o’sishini oldindan bilib olish mumkin emas, chunki bu tuman, infratuzilma, iqtisodiy o’sish va shular kabi bir qator ko’rsatkichlarga bo’g’liq. Biroq, shaharda bank orqali va imtiyozli shartlar bilan sotib olinishi mumkin bo’lgan yangi uylar shijoat bilan qurilayotgani sababli yangi uylarga narxlar oshishi kutilmoqda. Yashash uchun ham, biznesni tashkillashtirishga ham 1-2 xonali xonadonlarni sotib olish samarali»
|
2017 yilda ko’chmas mulkga talabni oshirishga yordam beradigan ayrim omillar:
1. 2016 yilning ohirlarida davlatda bo’lib o’tgan siyosiy o’zgarishlar hukumatdagi ketma-ketlik va hokimiyatni meros qilinishini ko’rsatdi va bu o’z yo’lida barqarorlikga ishonchni uyg’otadi. Bu ko’chmas mulk bozorida chet el va mahalliy sarmoyalar uchun ijobiy omil.
2. Iqtisodiyot yo’nalishi bo’yicha qabul qilingan yangi choralar, jumladan, byurokratik to’siqlar, sansalorlikni kamaytirish, shaxsiy biznesni rivojlantirishga rag’bat bo’lishi kerak.
3. Rossiya va Kozog’iston iqtisodiyotlarining barqaror topishi migrantlarni pul yuborish oqimini ko’paytirishi mumkin, shu bilan birga iste’molni kattalashtirishga yordam beradi.
Shu bilan bir vaqtda, ayrim omillar 2017 yilda ko’chmas mulkga qo’yilgan narxlarga sekinlashtiruvchi ta’sir o’tkazishni boshlaydi:
1. Ohirgi vaqtlar mobaynida davom etib kelayotgan narxlar tushishi tendentsiyasi anchagina turg’un va u fundamental sabablarga bog’liq edi. Narxlarni oshishiga asosli sabablar kerak.
2. Davlat tarafidan ko’p xonadonli uylarni qurishni ko’paytirish. Masalan, faqatkina Sirg’ali tumanida huqumat tarafidan 4-5 yil ichida 500ta ko’p xonadonli uy qurish ko’zda tutilgan.
3. Tijorat yangi qurilgan uylardagi xonadonlarni taklif qilish oshmoqda. Xonadonlari ipotekaga berish - talab kattamaslislugan dalil beradi.
Valyuta bozori liberallashuvini noaniqligi, narxlarga nisbatan tushunmovchilikni saqlab qoladi. Valyuta kursini kiritish vaqti, o’zgarishlar va ularning masshtabi hali aniq emas. Biroq, liberallashuv pul massasini almashinuvini va umuman olganda iqtisodiyotni samaradorligini keskin ko’paytirishi mumkin.
Yuqorida aytib o’tilganlarni jamlab, 2017 yilda biz ko’chmas mulkga talabni kuchayishini, 2017 yilning birinchi chorasluga narxlarni turg’unlashuvini va 2017 yilning 2-3 kvartallaridan narxlarni shoyad ko’tarilishini kutayapmiz. Narxlarni o’sishining keng ko’llami, valyuta qonunchiligi va umuman olganda iqtisodiyotni liberallashuviga qarashli amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga bog’liq bo’ladi.