Foydalanish qoidalari

www.uybor.uz sayt xizmatlaridan foydalanish tartibi bo’yicha

FOYDALANISH BITIMI

 

 «01» oktyabr 2014 y.                                                                                                           Toshkent shahri

Mazkur Foydalanish bitim (kelgusida — «Bitim») Foydalanuvchilar tomonidan www.uybor.uz sayti xizmatlaridan  foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi.

1.                SAYTDAN FOYDALANISH SHARTLARI:

1.1.            www.uybor.uz saytning Ma’muri (kelgusida – «Ma’mur») – mazkur bitimda ko’zda tutilgan tartibda, hamda mazkur bitimda ko’zda tutilgan hollarda va taraflar tuzgan Shartnoma asosida foydalanuvchilarga Sayt yordamida xizmatlar ko’rsatayotgan – Ma’suliyati cheklangan jamiyat «Seide International» (m.1.7.).

1.2.            www.uybor.uz (kelgusida - “sayt”) – mazkur Bitim shartlariga muvofiq Foydalanuvchiga taklif qilingan ko’chmas mulk bozorida, o’zini axborot resurslari ko’rinishida ifodalaydigan yakka butunlikka birlashtirilgan sahifalar logik yeg’indisi.

1.3.            Foydalanuvchilar  - mazkur bitim shartlariga qattiq rioya qilgan holda sayt xizmatlaridan foydalanuvchi, tizimda ro’yxatdan o’tgan layoqatli jismoniy shaxslar, hamda yuridik shaxslarning vakillari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar.

1.4.            Identifikatsiya ma’lumotlarni kiritishdan, ularni ro’yxatdan o’tkazish va aktivlashtirishdan so’ng jismoniy shaxslar, va yuridik shaxslarning vakillari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar Foydalanuvchilar statusiga ega bo’lishadi va shu bilan birga bitim shartlariga qat'iy rioya qilishga majburiyatni, hamda O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-370 moddalariga binoan Sayt xizmatlarini ishlatishda amalga oshirilgan o’zlarining xatti-harakatlariga javobgarlikni o’z zimmalariga olishadi.

 1.5.            Saytda Foydalanuvchilar tomonidan nashr etilayotgan takliflar bo’yicha  ko’chmas mulk ob’ektlariga Ma’murning xech qanday taalluqli joyi yo’q. Mazkur ko’chmas mulk ob’ektlari O’zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan yoki ro’yxatdan o’tgan faqat jismoniy, yuridik shaxslarning mulki hisoblanadi.

1.6.            Saytda nashr etilayotgan ko’chmas mulk to’g’risidagi ma’lumot foydalanuvchilarga shaxsiy foydalanish uchun taklif qilinadi. Nashr etilgan ko’chmas mulk ob’ektlari bo’yicha Foydalanuvchilar va uchinchi taraflar/shaxslar (Rieltorlik tashkilotlar/rieltorlar, jismoniy shaxslar va boshqalar) tomonidan fuqarolik huquqiy bitimlar  tuzilgan va rasmiylashtirilgan hollarda, Ma’mur ushbu bitimlarni ro’yxatdan o’tkazmaydi, uchinchi taraf sifatida qatnashmaydi va ularni rasmiylashtirishda xech qanday ishtirok etmaydi.

1.7.            Rieltorlar, rieltorlik tashkilotlar Ma’mur bilan tuzilgan shartnoma asosida o’zining litsenziyalashtirilgan faoliyatiga muvofiq o’zining xizmatlari to’g’risida axborotlarni joylashtirishga haqli. Shu bilan birga mazkur bitim shartlari, taraflar tomonidan bajarilishi majburiy.     

2.                UMUMIY SHARTLAR

2.1.            Mazkur bitim shartlariga muvofiq, Ma’mur Foydalanuvchiga O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ko’chmas mulk ob’ektlari bo’yicha o’zining takliflarini joylashtirishga va nashr etishga, Sayt xizmatlariga kirishga ijozat beradi. (kelgusida “axborot”, axborot materiallari).

2.2.            Ma’mur Foydalanuvchilarga mutaxassislar nashrlari va tavsiyalari bilan tanishib chiqishga, hamda foydalanuvchilar, rieltorlar yoki rieltorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasidagi ko’chmas mulk bozori to’g’risida joylashtirgan axborot materiallariga ijozat beradi.

2.3.            Ma’lumotlarni Saytda nashr etayotganda Foydalanuvchi amaldagi O’zR qonunchiligiga hilof bo’lmagan aniq, hujjatlar o’rqali tasdig’ini to’pgan to’liq axborotni ishlatish majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Foydalanuvchi joylashtirayotgan axborotni mazkur Bitim va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan talablarga mos kelishi bo’yicha mazburiyatni o’z zimmasiga oladi.

2.4.            Foydalanuvchi tomonidan saytda joylshtirilayotgan axborot materiallarga qaratilgan barcha haq-huquqlar Foydalanuvchiga tegishli. Ma’lumot saytda nashr etilganidan so’ng, Foydalanuvchi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Ma’mur o’z faoliyatida ko’rsatilgan axborotni ishlatishga Ma’murning huquqini tan oladi va tasdiqlaydi.   

2.5.            Foydalanuvchining axboroti saytda nashr etilgandan so’ng boshqa foydalanuvchilar uchun ommabob bo’ladi. Foydalanuvchi boshqa Foydalanuvchilarga yoki uchinchi shaxslarga tegishli, Foydalanuvchining haqqi yoki egalik huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomasiga ega bo’lmasa, axborotlardan nusxa ko’chirish, boshqalarga berish, nashr etish yoki ishlatishga haqqi yo’q. Saytda mavjud ma’lumot faqat Foydalanuvchilar tomonidan shaxsiy ishlatish uchun mo’ljallangan. Ma’mur bilan kelishilmagan holda Foydalanuvchilar tomonidan saytda mavjud barcha ma’lumotlarni tijorat va boshqa maqsadlar uchun ishlatish, nusxa ko’chirish va tarqatish man etiladi.

2.6.            Saytda Foydalanuvchilarni ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha xizmatlar va o’zining takliflari Saytida  ma’lumotlarni joylashtirish bo’yicha shaxsiy kabinetga kirish ijozatini taqdim etish, hamda O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ko’chmas mulk boshqa egalarining takliflarini Foydalanuvchilar tomonidan kiritilishi bepul amalga oshiriladi, Bitimning 1.7 b. bundan mustasno. Ma’mur tomonidan rieltorlarga va rieltorlik tashkilotlarga xizmat ko’rsatish tartibi, taraflar tuzgan shartnoma bilan belgilanadi.

3.                RO’YXATDAN O’TISH VA SAYT XIZMATLARIDAN FOYDALANISH TARTIBI

3.1.            Saytda ro’yxatdan o’tish Foydalanuvchi shaxsiy kabinetini tuzishga va unga kirishga ijozat olish uchun o’zining kerakli ma’lumotlarini kiritishi orqali amalga oshiriladi.

3.2.            Ro’yxatdan o’tish davrida taqdim etgan ma’lumotlar haqqoniyligiga Foydalanuvchi javobgarlikni zimmasiga oladi, shu bilan birga Ma’mur oldindan kelishmagan holda ularni tekshirishga haqli.

3.3.            Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tish davrida keltirgan ma’lumotlariga, Ma’mur tomonidan mazkur Bitimni bajarish, Foydalanuvchilarga Sayt yordamida xizmatlar ko’rsatish uchun ishlov berilishi mumkin.

3.4.            Ma’mur kerak bo’lsa Foydalanuvchidan uning ro’yxatdan o’tish, ruxsat berish hujjatlarini, hamda u nashr etayotgan ma’lumotlarni haqqoniyligi, dalillanganligi va qonuniyligini tasdiqlaydigan hujjatlarni talab qilishga haqli. Talab qilinayotgan ma’lumotlarni taqdim etilmagan hollarda yoki Foydalanuvchining xatti-harakatini noqonuniyligini bildiruvchi ma’lumotlar berilgan taqdirda Ma’mur Foydalanuvchining e’lonini nashr etmaslikga haqli.

3.5.           Foydalanuvchi o’zining identifikatsiya ma’lumotlarni saqlanishini ta’minlab berishga va ularni ko’ralashga yo’l qo’ymaslikka va oldini olishga barcha choralarni ishlatishga majbur. O’z yo’lida Ma’mur Foydalanuvchining ma’lumotlariga noqonuniy kirish va boshqa harakatlardan ximoya qilish uchun barcha kerakli choralarni qo’llash majburiyatini oladi.

3.6.            Foydalanuvchi sayt xizmatlarini uning mo’ljallanganligiga qarab ishlatilishiga javobgar va millatlararo dushmanlikni chaqirishga yordam beruvchi tajovuskorlik, urushlar, qoralovchi, xar qanday alomatlar bo’yicha odamlar xar qanday guruhlarini kamsituvchi, inson g’ururini haqoratlovchi va poy-mol etuvchi, sokinish so’zlar v.h.klardan tarkib topgan ma’lumotlarni joylashtirmaslikga va’da beradi.

3.7.            Foydalanuvchi saytda hujjatlar orqali o’zini tasdig’ini topgan, faqat aniq bo’lgan ma’lumotni joylashtirishga va’da beradi. Sayt Ma’muri Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan axborotni sifatini tekshirish va mazkur bitimga to’g’ri kelmaydigan hollarda axborotni yoqotish huquqini o’z zimmasiga oladi.

3.8.            Ma’mur Foydalanuvchini ogoxlantirmasdan bir taraflama tartibda Foydalanuvchiga Saytga kirishga va o’chirish yo’li bilan mazkur bitimni bekor qilish huquqiga ega.   

4.                TARAFLAR MAJBURIYATI

4.1.            Foydalanuvchi mazkur bitimning shartlariga qattiy rioya qilishga javobgar. O’zining identifikatsiya qilish ma’lumotlarini kiritishda va tizimdan ro’yxatdan o’tish davrida Ma’mur tomonidan belgilangan yo’l-yoriqlar va shartlariga amal qilishga majbur.

 4.2.            Ma’mur Foydalanuvchining ro’yxatdan o’tish va identifikatsiya ma’lumotlarini mahfiyliligini saqlashga, ularni O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida ko’zda tutilgan hollardan mustasno uchinchi shaxslarga taqdim etmaslikga va’da beradi.

4.3.            Ma’mur mazkur bitim doirasida xizmat ko’rsatishida kerakli ximoya vositalari bilan jihozlangan dasturiy va texnik ta’minotni ishlatishga va’da beradi.

4.4.            Foydalanuvchi shaxsiy kabinetga kirishda kerak bo’ladigan o’zining paroinil va elektron qutichasini saqlanishini ta’minlashga va’da beradi.

 4.5.            Foydalanuvchi saytda joylashtirayotgan ko’chmas mulk ob’ektlari to’g’risida joylashgan manzili, ta’rifi, metraji va kattaligini ko’rsatgan holda to’liq ma’lumotni joylashtirishga va’da beradi.

4.6.              Foydalanuvchi bir dona mulk ob’ekti to’g’risida axborotni bir marotabadan ko’proq joylashtirmaslikga, shu bilan birga bir dona e’lon doirasida bir necha ob’ektlarni ham joylashtirmaslikga va’da beradi. Ko’chmas mulk ob’ektlari to’g’risida avval joylashtirilgan axborotlarga yangiliklar va aniqlashtirishlar kiritishga huquq beriladi. Ma’mur Foydalanuvchilar tomonidan joylashtirayotgan e’lonlarni sonini cheklashga haqlidir.

4.7.            Ob’ekt ta’rifi va narhini kiritayotganda Foydalanuvchi belgilangan shakl va miqdorda to’ldirishga rioya qilishni va’da beradi.

4.8.            Ma’mur Foydalanuvchini keyin ogoxlantirgan holda, mazkur Bitim talablariga mos kelmaydigan Foydalanuvchi tomonida joylashtirilgan ma’lumotni aktivlashtirmaslikga haqqi bor.

4.9.            Saytni ishlahini ta’minlash maqsadida Ma’mur Foydalanuvchini oldindan ogoxlantirgan holda profilaktika ishlarini olib borishga haqli.

5.                TARAFLAR JAVOBGARLIGI

5.1.            O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq taraflar mazkur bitimga rioya qilishga javobgarlar.

5.2.            Foydalanuvchi Saytda joylashtirayotgan, nashr etilayotgan xar qanday ma’lumotlarga javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

5.3.            Foydalanuvchi o’zining ayibli, noqonuniy xatti-harakatlari bilan uchinchi shaxslar huquqini buzishi natijasida ularga zarar yetkazgan bo’lsa, Foydalanuvchi Ma’murni  jalb qilmasdan mustaqill ravishda o’z hisobidan nizoni bartaraf etishga va’da beradi.

5.4.            Ma’murning aybisiz uzaga kelgan texnik nosozliklari bilan bog’liq bo’lgan Sayt ishlashini to’htatilishi, buzilishi, ishlash nuqsonlarini nomoyon bo’lishiga Ma’mur javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

5.5.            Ma’mur, Foydalanuvchini ogoxlantirmasdan saytni vazifalari va xizmatlarini, dizaynnini, sayt tuzilishini va uni mundarijasini o’zgartirishni, dasturiy ta’minotni, axborotlar saqlanishini mukammallashtirishga haqli.

5.6.            Ma’mur Sayt ishlashiga va ishlash qobiliyatiga javobgarlikni o’z zimmasiga oladi va texnik buzilishlar, to’htab qolishlar holida Ma’mur tezkorlik bilan uni ishlash qobiliyatini tiklashga va’da beradi.

5.7.            Ma’murning aybisiz uzaga kelgan Saytdagi vaqtinchalik uzilishlar va to’htab qolishlar bo’yicha va u hol bilan bo’g’liq bo’lgan ma’lumotlarni yoqotilishiga javob bermaydi.

 5.8.           Foydalanuvchi Saytda e’lon berish jarayonida paydo bo’lgan bilvosita yoki bevosita  xar qanday zararlari va yoqotishlariga Ma’mur javob bermaydi.  

6.               TARAFLAR TOMONIDAN DA’VOLAR VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI.

6.1.           Da’volar va nizolar vujudga kelgan hollarda, taraflar ularni tinchlik yo’li bilan, kelishuvlar va o’zaro yozishuvlar orqali hal etishga xarakat qiladilar.  Taraflar tomonidan da’volarni ko’rib chiqish, tarafga da’vo berilgan kundan bo’shlab 15 (o’n besh) kun tashkil qiladi.  Nizoni da’vo tartibida hal qilinishiga iloj bo’lmasa, taraflar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda, tegishli sud idorasiga murojaat qilishga haqlidirlar.

6.2.            Ma’mur javobgarligidan tashqarida joylashgan ko’chmas mulk ob’ektlari bilan bo’g’liq da’volar tegishli tarafga taqdim etilishi kerak.

7.               YAKUNLOVCHI SHARTLAR

7.1.            Ma’mur mazkur Bitimga o’zgartirishlar va qo’shimchalar qilishga, Foydalanuvchini saytda nashrlar joylashtirish yo’li bilan ogoxlantirishga haqli. Foydalanuvchi tomonidan Saytni kelgusida ishlatishi, uni bitimga kiritilgan o’zgartirishlarga rozi ekanligini tasdiqlaydi.

7.2.            Foydalanuvchi uchun mazkur Bitim uni Saytga qo’shilish davridan kuchga kiradi va aniqlanmagan muddat ichida amal qiladi.

7.3.            Mazkur Bitim bilan hal qilinmagan savollarga O’zR qonunchiligidagi meyorlar qo’llaniladi.

 

8.                 MA’MURNING MANZILI

Nomlanishi: «Seide International» MChJ

Yuridik va pochta manzili: O’zbekiston Respublikasi,

Toshkent shahri, T.Shevchenko ko’chasi, 34.

Tel.: 998-71-252-6471